TOShKENT, 14 dek – Sputnik. Minskda 20-dekabr kuni O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyasining 5-majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Belarus TIV matbuot kotibi Dmitriy Mironchik ma’lum qildi, deb xabar berdi BELTA.
Yig‘ilishda tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini, sanoat, kooperatsiya va texnika yetkazib berish sohlarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishadi. Qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalariga, ikki davlat viloyatlari va ishbilarmon doiralari yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
"Tadbir yakunlariga ko‘ra hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bayonnomasi va O‘zbekiston hamda Belarus o‘rtasida 2017-2018 yillarda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha yo‘l xaritasi – chora-tadbirlar dasturi imzolanishi rejalashtirilga", — dedi Dmitriy Mironchik.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif dasturidan shuningdek, Belarusdagi qator mashinasozlik korxonalariga safar qilish, mamlakat davlat boshqaruv organlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.
TIV vakili joriy yilda O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik hajmi o‘sganini qayd etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yil yanvar-oktabr oylarida ikki tomonlama tovar almashish hajmi 97,4 mln dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga ko‘proq demakdir.