Ikki nafar tojikistonlik yigit oxirigacha savdo markazda qolib, 50 nafar kishini qutqarishdi. Internetda ular nomiga ko‘plab minnatdorlik izohlari yozilmoqda.
25 mart kuni Kemerovodagi "Zimnyaya vishnya" savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inda 64 kishi halok bo‘ldi, shulardan 41 nafar bolalar. Endi bu savdo markaz buzib tashlanadi.
Kuni kecha, 28-mart kuni Rossiyada milliy motam kuni deb e’lon qilindi. Rossiyaning ko‘plab shaharlarida, shuningdek yaqin xorijiy davlatlarda yong‘in qurbonlari xotirlandi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Rossiya elchixonasiga tashrif buyurishdi. Ular Kemerovo shahrida ro‘y bergan fojia yuzasidan ta’ziya bildirib, hamdardlik kitobiga yozuvlar qoldirishdi.