Rossiya qator davlatlar diplomatlarini chiqarib yubormoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishAvtomobil posolstva Litvi v RF u zdaniya ministerstva inostrannix del RF, kuda vizvani posli stran, vislavshix rossiyskix diplomatov
Avtomobil posolstva Litvi v RF u zdaniya ministerstva inostrannix del RF, kuda vizvani posli stran, vislavshix rossiyskix diplomatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Rossiya TIV Londondan diplomatlar va ma’muriy xodimlar sonini Britaniyada faoliyat yuritayotgan rossiyaliklar soniga tenglashtirishni talab qilmoqda. Bu uchun Londonga bir oy vaqt berilgan

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. "Skripal ishi" tufayli qator mamlakatlar Rossiya diplomatik vakolatxonalari vakillarini chiqarib yuborgan edi. Bu choralarga javob tarzida Moskva ham qator mamlakatlar diplomatlarini chiqarib yubormoqda.

Ushbu choralar javob chorasi xarakteriga ega. Xususan, Rossiyani 13 nafar Ukraina diplomatlari, to‘rt nafar Polsha, uch nafardan Litva va Chexiya hamda bir nafar Latviya diplomatlari tark etishlari lozim. 

Lavrov o verbovke rossiyskix diplomatov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov diplomatlarning G‘arb davlatlaridan chiqarib yuborilishini surbetlik deb atadi

Shuningdek, Niderlandiya diplomatik missiyasining ikki xodimi, bir nafar Shvetsiya xodimi hamda Estoniya harbiy attashesi Toomas Peda tark etadi.

Ularning barchasi 5-7 aprel sanalariga qadar Rossiyadan chiqib ketishlari lozim.

Shuningdek, Rossiya TIV Londondan diplomatlar va ma’muriy xodimlar sonini Britaniyada faoliyat yuritayotgan rossiyaliklar soniga tenglashtirishni talab qilmoqda. Bu uchun Londonga bir oy vaqt berilmoqda.

Skripal ishi

To‘rtinchi mart kuni Razvedka bosh boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani Britaniyaning Solsberi shahri markazida hushsiz holatda topishadi. Britaniya hukumatiga ko‘ra, sobiq agent sovet davrining "Novichok" dasturi doirasida ishlab chiqarilgan modda bilan zaharlangan. Shu bilan birga SSSRda bu nomli kimoviy qurol bo‘lmagan, toksinlarni belgilash uchun raqamlar ishlatilgan.

MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV Britaniya elchisiga norozilik notasini topshirdi
London ushbu jinoyatga "javob" chorasi tarzida 23 nafar rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubordi. Britaniyani YeIning 16ta davlati, shuningdek, AQSh, Kanada, Norvegiya, Avstraliya, Moldaviya, Albaniya, Makedoniya va Ukrainalar qo‘llab-quvvatladi.

Umumiy hisobda diplomatik vakiolatxonalarni Rossiya TIVning 150dan ortiq xodimlari tark etishadi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Rossiya TIV amerikalik elchi Jon Xantsmanni chaqirtirgan edi. AQSh elchisiga oltmish nafar amerikalik diplomatlar Rossiyadan chiqarib yuborilishi va Sankt-Peterburg shahridagi AQSh vakolatxonasi yopilishi haqida e’lon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0