Jizzaxda aka-ukalar odam savdosida gumon qilinib ushlandi

Obuna bo‘lish
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekistonda ikki shaxs odam savdosida gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiyaga fohishalarni jo‘natib turgan fuqaro Toshkent aeroportida qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, Jizzax viloyati IIBga mahalliy fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida tanish aka-ukalar uni va ikki nafar farzandini Qozog‘istonda yuqori daromadli ish borligini taklif qilishganini bildirgan.

"Qozog‘iston Respublikasiga yetib kelishlari bilan noma’lum "Zoir" va "Sailxon" ismli shaxslar kutib olib, fuqarolik pasportlarini olib qo‘yishganligini va majburiy mehnatga jalb qilib, ulardan foydalanganligini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan", — deyiladi xabarda.

Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi "b,e,i" bandlari (odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish, ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan holda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Yangiliklar lentasi
0