TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Uch nafar o‘zbekistonlik ayolni Rossiyaga fohisha sifatida ishlatish maqsadida yubormoqchi bo‘lgan fuqaro Toshkent halqaro aeroportida ushlandi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi "b" bandi (odam savdosi, ya’ni ikki yoki undan ortiq shaxslarni ulardan foydalanish maqsadida yollash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, M.K.Berdiyevaning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchilarning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.