Senat "O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi

© Sputnik / Mixail PalinchakPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur qonun Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining huquqiy va qonuniy asoslari, maqomi, faoliyat predmeti, vakolatlarini aniq belgilab beradi.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida "O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasi senatorlar tomonidan ma’qullandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Senati "Davlat mukofotlari to‘g‘risida" qonunini ma’qulladi

Majlis ishtirokchilarini qonun loyihasi bilan Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev tanishtirdi.

Mazkur qonun Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) faoliyatining huquqiy va qonuniy asoslari, maqomi, faoliyat predmeti, vakolatlarini aniq belgilab beradi.

Qonunga ko‘ra, DXXning asosiy vakolati etib, razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish kiradi.

DXX O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining faqat 17 moddasi bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishi mumkinligi belgilandi.

Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish DXX faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida qayd etildi. Terrorizmga qarshi kurashish, xalqaro hamkorlikni amalga oshirish borasida DXX zimmasiga muhim funksiyalar yuklanmoqda.

Shuningdek, qonunda DXX prezidentga bevosita hisobdor ekanligi va prezident DXX faoliyati ustidan bevosita nazoratni amalga oshirishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0