TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar yangi tahrirdagi "Davlat mukofotlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini ma’qulladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Senatning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev yangi tahrirdagi qonun to‘g‘risida ma’lumotlar berib, davlat mukofotlarini taqib yurish, saqlash, mamlakat hududidan olib chiqish bo‘yicha tartib ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi.
"O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga nomzodlarni davlat mukofotlariga tavsiya etish bo‘yicha taqdimnomani endilikda Sudyalar Oliy kengashi, Markaziy Bank, Davlat xavfsizlik xizmati, Hisob palatasi, Markaziy saylov komissiyasi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, nodavlat notijorat tashkilot va respublika tashkiloti rahbarlari ham kiritishi mumkinligi belgilanmoqda", — deb ta’kidladi qo‘mita raisi.