Bugun Senat majlisida to‘y-hashamlarni tartibga solish masalasi ko‘riladi

Obuna bo‘lish
Senatorlar Adliya vazirining 2017-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axborotini eshitadilar hamda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadilar.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Bugun, 29-mart kuni Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi ochiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Senat majlisida "Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonun ko‘rib chiqiladi

Senat majlisida juda muhim va dolzarb qonun loyihalari ko‘rib chiqiladi.

Jumladan, majlis kun tartibiga quyidagi qonunlar kiritilgan: "O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida", "Davlat mukofotlari to‘g‘risida" (yangi tahriri); "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"; "Davlat xaridlari to‘g‘risida"; "O‘rmon to‘g‘risida" (yangi tahriri); "O‘zbekiston Respublikasi uy-joy-kommunal xizmati sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"; "Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"; "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida".

Shu bilan birga, senatorlar xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi bir qator qonunlarni ko‘rib chiqadilar, Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (Ombudsman) 2017-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, Adliya vazirining 2017-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axborotini eshitadilar hamda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev to‘y-marosimlardagi ortiqcha dabdababozliklarni keskin tanqid qilgandi.

Shu yil mart oyi o‘rtalarida normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining "To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgandi.

Yangiliklar lentasi
0