Toshkent va Dushanbe Rog‘un GESi qurilishi bilan bog‘liq xavflarni birgalikda o‘rganadi

© president.tjStroitelstvo Rogunskoy GES
Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tomoni GES qurilishida ishtirok etish hamda Sarez ko‘lidan chuchuk suv manbai sifatida foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston transchegaraviy darolarning yuqori o‘zanlarida yirik gidrotexnik inshootlar qurish bilan bog‘liq xavflarni birgalikda o‘rganadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norovga asoslanib Podrobno.uz xabar berdi.

"Imomali Sharipovich (Rahmon) Tojikiston hech qachon mintaqa manfaatlariga zarar yetkazmaganligi, qo‘shnilarni hech qachon suvsiz qoldirmaganligi va qoldirmasligini bildirdi. Bu judayam qat’iy siyosiy bayonot", – deb ta’kidladi Norov.

Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Raxmon: Biz hech qachon, hech qanday sharoitda qo‘shni mamlakatlarni suvsiz qoldirmaymiz

Shu bois O‘zbekiston tomoni GES qurilishida ishtirok etish hamda Sarez ko‘lidan chuchuk suv manbai sifatida foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Norovning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun ishchi komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

"Men tojik hamkasblarga qanday xavf ehtimollari asosli ekani bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish va ularni hamkorlikda mamlakatlar manfaatlariga zarar yetmaydigan tarzda qanday qilib hal qilish mumkinligi bo‘yicha taklif berdim", – dedi Vladimir Norov.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-10 mart kunlari Tojikistonga amalga oshirgan tashrifi yakunida imzolangan qo‘shma bayonotda O‘zbekiston tomoni Tojikistonda gidrotexnik inshootlar, shu jumladan, Rog‘un gidroelektr stansiyasining qurilishida, umum’tirof etilgan xalqaro normalar va mazkur obyektlarni qurish bo‘yicha standartlarga rioya qilinishini hisobga olgan holda, ishtirok etish imkoniyatini har tomonlama ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0