Jamiyat

Emomali Raxmon: Biz hech qachon, hech qanday sharoitda qoʻshni mamlakatlarni suvsiz qoldirmaymiz

© president.tjEmomali Rahmon
Emomali Rahmon - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kecha Tojikistonda Rogʻun GES qurilishi faol bosqichga oʻtdi, xususan, Vaxsh daryosining oldi toʻsilib uning yoʻnalishi oʻzgartirildi. GES quruvchilari oldida soʻzga chiqqan Emomali Rahmon ushbu inshoot butun Oʻrta Osiyo aholisiga qanday foyda kelitirishi haqida gapirdi.

TOSHKENT, 30 okt – Sputnik.  Kecha 29 oktyabr kuni Tojikistonning Rogʻun shahrida Rogʻun GESi qurilishi oʻzining faol bosqichiga oʻtdi. Xususan, GES toʻgʻoni qurili munosabati bilan, Amudaryoning eng yirik irmoqlaridan biri boʻlgan Vaxsh daryosining oqimi oʻzgartilidi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.

15 ming nafar GES quruvchilari oldida soʻzga chiqqan Emomali Rahmon quruvchi va muhandislarni ushbu ulkan loyihaning boshlanishi va Tojikiston mustaqilligining 25 yilliga bilan tabrikladi.

© president.tjRogʻun GESi quruvchilari
Stroiteli Rogunskogo GES slushayut vыstupleniye Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Rogʻun GESi quruvchilari
Quyida Tojikiston prezidentining nutqidan parchalar keltirilgan. Matn rus tilidan tarjima qilindi.

Hammangizga maʼlumki Tojikistonda neft va gaz manbaalari yetarli emas, lekin bizning mamlakatda ulkan suv energetika imkoniyatlari bor. ular bizning milliy boyligimiz hisoblanadi. Ulardan samarali foydalanish – mamlakatimizning barqaror iqtisodiy rivojlanishi va eksport potentsialini oshirish asosiga aylanishi mumkin. 

Xususan, “Shunday ulkan manbaalarga ega boʻlishimizga qaramasdan, bizning mamlakat kuz-qish vaqtlarida elektr energiyasi yetimovchiligiga duch kelar, fuqarolar uchun muhim boʻlgan maktab va shifoxonalar, sanoat korxonalari ishi toʻxtab qolar edi”, — dedi prezident.

Balandligi 335 metr boʻlgan Rogʻun GESi toʻgʻoni dunyoda eng yirik tuproq –toshli toʻgʻon boʻlib, u yerda 13 km3 suv jamlanadi. Bu quvvati 3600 megavatt boʻlgan, hududda eng yirik elektr stantsiyasi boʻladi.

© president.tjRogʻun GESi qurilishi
Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik Oʻzbekiston
Rogʻun GESi qurilishi
Texnik, muhandislik va moliyaviy jihatdan oʻta murakkab boʻlgan ogʻun GESi alohida uslub va ketma-ketlik talab qiladi. Asosiysi bu bir yoki ikki yilda bitadigan ish emas.

18 yil davom etgan Nurek GESi qurilishi tajribasidan kelib chiqqan holda, bunday ulkan inshoot qurilishi, texnik jarayonlarni amalga oshirish va suv omborini toʻldirish uchun birmuncha vaqt talab qiladi. (Shunisi maʼlumki, qurilish ishlaridan tashqari, faqat  Rogʻun GESining suv omborini toʻldirish uchun 12 yil muddat kerak boʻladi.)

Rogʻun GESi qurilishi, oʻtkazilgan maslahatlar va texniq-iqtisodiy analiz natijasida  Italiyaning «Salini Impredjilo» kompaniyasiga, qurilish ustadan texnik nazorat olib borish esa Frantsiyanig «Traktebel indjiring» kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi.

© president.tjRogʻun GESi qurilishi
Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik Oʻzbekiston
Rogʻun GESi qurilishi
Ulkan suv jamlash (13,3km3) va ulkan elektr quvvati (3600 mVt) ishlab chiqarish imkoniga ega boʻlgan Rogʻun GESi, albatta, hudud gidroenergetika muammolarini hal qilishda muhim ahamiyatga ega boʻladi.

Tojikiston daryolarida energetika inshootlari qurilishi, avvalombor suv va energetika masalalari boʻyicha barqaorlikka erishishga qaratilgan va yaqin kelajakda Amudaryoning quyi oʻzanida yuz berishi mumkin boʻlgan suv tanqisligi va suv toshqinlari muammosini oldini olishning yagona usuli boʻlishi mumkin.

Ushbu inshoot daryo oqimining quyi qismida joylashgan mamlakatlarda foydalanilayotgan yerlarni sugʻorish va yangi yerlarni oʻzlashtirish imkonini beradi.

© president.tjRogʻun GESi qurilishi
Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik Oʻzbekiston
Rogʻun GESi qurilishi
Jahon Banki muxtaxassilari va dunyoning obroʻli olimlari tomonidan oʻtkazilgan ekspertizalar yuqorida aytilgan fikrni tasdiqlaydi.

Hudud ehtiyojlarini har tomonlama oʻrganish va xalqaro ekspertiza oʻtkazish maqsadida biz 2007 yilda Jahon bankiga murojaat qilgan edik. Shundan buyon biz ushbu muhim loyiha borasidagi muzokara va tadqiqotlarga  yetti yil sarfladik.

Dunyoning yetakchi ekspertlari va ikkita maslahatchi korxona va ikki guruh mustaqil ekspertlar ushbu ishga jalb qilindi. Oʻtkazilgan maslahatlar, ekspertiza va tadqiqotlar va hudud malakatlari ishtirokida boʻlib oʻtgan maxsus kengashlar vositasida ekspertlar oʻz xulosasini maʼlum qildi.

Natijda, 2014 yilda texnik-iqtisodiy va ijtimoiy-ekologik nuqtai nazardan Rogʻun GESi qurilishiga asoslar borligi tasdiqlandi. 

© president.tjXalqaro ekspertlar Emomali Rahmon nutqini tinglamoqda
Mejdunarodnqe ekspertы slushayut vыstupleniye Emomali Raxmon na stroitelstve Rogunskoy GES - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro ekspertlar Emomali Rahmon nutqini tinglamoqda
Bugungi kundagi iqlim oʻzgarishi va va uning oqibatlari, jumladan suv taqchilligi  bizning hududga yanada katta zarar yetkizayotgan sharoitda, gidroelektrostantsiya qurilishi tabiiy energetika zahiralaridan foydalanishning oqilona va samrali, xavfsiz va  manfaatli yoʻli boʻladi.

Aynan yangi kichik va katta elektrostantsiyalar qurilishi daryoning pastki qismida yashayotgan mamlakatlarda nafaqat elektr tanqisligi, balkim yoz faslida suv tanqisligi muammosini ham hal qilishi mumkin.

Shuning uchun ham ushbu energetika dasturini amalga oshirish bilan biz oʻz manbaa va imkoniyatlarimizni butun Oʻrta Osiyo aholisi xizmatiga yoʻllamoqchimiz, chunki davlatlar aro tarmoqlar orqali elektr energiyasi va suv taʼminotini amalga oshirish hududdagi barcha mamlakatlar manfaati uchun xizmat qiladi.

Tojikiston Mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab hududiy hamkorlikni birinchi oʻringa qoʻyib kelmoqda, ayniqsa qoʻshni mamlakatlar bilan. Biz bunday hamkorlik barcha muammolarni hal qilishning yagona uslubi deb hisoblaymiz.

Ushbu munosabat bilan, yana bir marta takrorlab aytmoqchiman, biz gidroenergetika rejalarini amalga oshirishda, hududdagi mamlakatlar bilan samarali va oʻzaro foydali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tarafdori.  

© president.tjRogʻun GESi qurilishi
Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik Oʻzbekiston
Rogʻun GESi qurilishi
Bunday munosabatda boʻlish hayot talabi boʻlib, bizga, kelajak avlodlar oldida, ulkan javobgarlikni yuklaydi.

Ushbu munosabat bilan, Oʻrta Osiyo mamlakatlarining birodar xalqlariga murojaat qilib, tojik xalqi asrlar davomida oʻz qoʻshnilari bilan tinchlik va osoyishtalik, oʻzaro tushunish va hamkorlik muhitida yashab kelganini aytib oʻtmoqchiman.

Oʻz zimmamga yuklangan javobgarlik burchiga asosan toʻliq ishonch bilan shuni aytamanki — ajdodlarimiz anʼanalarini davom ettirgan holda, hech qachon, hech qanday sharoitda oʻz qoʻshnilarimizni suvsiz qoldirmaslikka vaʼda beramiz.

Undan tashqari, biz mamlakatimiz va chet el mutaxassislarini jalb qilgan holda, Oʻrta Osiyo mamlakatlarining barcha aholisini Saryoz koʻlidan toza va sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashga tayormiz. Ushbu koʻl hududimiz aholisini asrlar davomida ichimlik suvi bilan taʼminlashi mumkin.   

Bugungi kunda biz qoʻshnilarimiz bilan, jumladan birodar Oʻzbekiston bilan oʻzaro doʻstona qoʻshnichilik munosabatlari oʻrnatdik. Aynqsa suv, energetika, transport va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Ishonchimiz komilki, ikki mamlakat orasidagi munosabatlarning barcha muhim masalalari oʻzaro hamkorlik va xalqlarimiz ravnaqi yoʻlida hal qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0