Putin 10 nafar o‘zbekistonliklarga Rossiya fuqaroligini berdi

© Sputnik / Maksim BogodvidPasport RF
Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin farmoni bilan 63 kishiga Rossiya fuqaroligi berildi. Ularga, fuqarolik qasamodini qabul qilganlaridan so‘ng, Rossiya fuqarosi pasporti beriladi.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Vladimir Putin, 10 nafar o‘zbekistonliklarga Rossiya fuqaroligini berish haqida farmon imzoladi, deb xabar qilmoqda huquqiy ma’lumotlar rasmiy portali.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Fuqaroligi bo‘lmagan 100dan ortiq shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi

Rossiya prezidenti umumiy hisobda 63 kishiga fuqarolik berish haqida farmon imzoladi. Ular orasida o‘zbekistonliklardan tashqari, yetti nafar Ukraina fuqarolari, olti nafardan Armaniston va Tojikiston fuqarolari, Afg‘oniston, Belarus, Ozarbayjon va Moldova respublikalaridan besh nafardan, Vyetnamdan – uch kishi, Qozog‘istondan – ikki kishi, Isroil, Serbiya, Xitoy, Livan va Qirg‘izistondan – bir kishi bor. Undan tashqari Rossiya federatsiyasi hududida tavallud topgan to‘rt kishi bor.

Farmonda aytilishiga ko‘ra, ushbu shaxslar fuqarolik qasamodini qabul qilganidan keyin Rossiya fuqarosi pasporti beriladi. Voyaga yetmaganlar esa ularning ota-onalari tomonidan qasamod qilinganidan keyin fuqarolikni qabul qilishadi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti o‘z qarori bilan uch kishini fuqarolikdan chiqardi. Ular latviyalik, sankt-peterburglik va kaliningradlik sobiq fuqarolardir.

Yangiliklar lentasi
0