Pro-liga va O‘zbekiston Kubogi o‘yinlariga qur’a tashlandi

Obuna bo‘lish
Pro-liga o‘yinlariga tashlangan qur’aga ko‘ra, ikki toifa – A va V guruhlarida olib boriladigan musobaqa 6-aprelda start olib, 27-noyabrga qadar davom etishi belgilandi

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Bugun O‘zbekiston Pro-ligasi va O‘zbekiston Kubogi o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

Pro-liga o‘yinlariga tashlangan qur’aga ko‘ra, ikki toifa – A va V guruhlarida olib boriladigan musobaqa 6-aprelda start olib, 27-noyabrga qadar davom etishi belgilandi.

1-tur, 6-aprel

“A” guruhi

“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Xorazm” (Urganch), “Orol” (Nukus) – “Istiqlol” (Farg‘ona), “Andijon” (Andijon) – “Mash’al” (Muborak), “Norin” (Norin) – “Dinamo” (Samarqand). “Surxon” (Termiz) jamoasi dam oladi.

Federatsiya futbola Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori o‘zgardi

“V” guruhi

“Nurafshon” (Toshkent vil) – “Iftixor” (Oltiariq), “Zomin” (Zomin) – “Labsa” (Buxoro), “G‘ijduvon” (G‘ijduvon) – “Lokomotiv-BFK” (Toshkent), “Yozyovon” (Yozyovon) – “Xotira-79” (Uychi). “Sherdor” (Samarqand) dam oladi.

2-tur, 11-aprel

“A” guruhi

“Mash’al” – “Norin”, “Istiqlol” – “Andijon”, “Xorazm” – “Orol”, “Surxon” – “Sho‘rtan”. “Dinamo” dam oladi

“V” guruhi

“Lokomotiv-BFK” – “Yozyovon”, “Labsa” – “G‘ijduvon”, “Iftixor” – “Zomin”, “Sherdor” – “Nurafshon”. “Xotira-79” dam oladi.

Pro A mintaqaning 2- va 3-o‘rnini egallagan klublar Pro B mintaqaning 2- va 1-o‘rin jamoalariga qarshi pley-off o‘yinida ishtirok etadi. Juftlik g‘oliblari Superliganing 10- va 11-o‘rnidan joy olgan klublarga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.

Vibori prezidenta FIFA - Sputnik O‘zbekiston
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘olibiga sovrinni OFK prezidenti topshiradi

Pro B mintaqada 1-2-o‘rinni qo‘lga kiritgan klublar kelasi mavsumni Pro A mintaqada boshlaydi. Pro A mintaqaning so‘nggi ikki klubi esa Pro B mintaqaga tushiriladi.

Pro B mintaqaning so‘nggi ikki jamoasi 2-ligaga tushib ketadi. Pro B mintaqada 6- va 7-o‘rinni qo‘lga kiritgan klublar ligada o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun 2-liganing mintaqaviy g‘oliblariga qarshi pulkada qatnashadi.

Pro-liga o‘yinlari qur’asidan so‘ng Superliga va Pro-liga vakillari O‘zbekiston Kubogi o‘yinlaridagi raqiblarini ham bilib olishdi. Yangi tahrirdagi musobaqa qonun-qodasiga ko‘ra, endi avvalgidek 1/16 va 1/8 finallarda o‘yinlar dastlabki va javob uchrashuvlari tariqasida yohud Pro-liga maydonida o‘tishi kabidek bo‘lmaydi. Musobaqaning dastlabki saralash o‘yinlariga 2-aprelda start beriladi. Guruh bahslari esa 15-apreldan boshlanadi.

O‘zbekiston Kubogi-2018

1/32 final. 2-aprel

“Nurafshon” (Toshkent viloyati) — “Iftixor” (Yoshlar ittifoqi jamoasi), “Sherdor” (Samarqand) — “Labsa” (Buxoro).

1/16 final. 15-16 aprel

"Mash’al" — "Istiqlol", "Lokomotiv-BFK" — "Surxon", "Orol" — "G‘ijduvon", "Xotira-79" — "Dinamo"

"Iftixor" va "Nurafshon" g‘olibi — "Yozyovon", "Sho‘rtan" — "Neftchi", "So‘g‘diyona" — "Metallurg", "Zomin" — "Qo‘qon-1912", "Andijon" — "Navbahor", "Qizilqum" — "Buxoro", "Labsa" va "Sherdor" g‘olibi — "Xorazm", AGMK — "Norin".

1/16 final o‘yinlaridan so‘ng 1/8 finalga qur’a tashlanadi. Unda "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Nasaf" klublari ham qo‘shiladi.

Nimchorak final o‘yinlari 29-30 may, chorak final o‘yinlari 12-13 iyul sanalariga belgilangan. Yarim final uchrashuvlarining dastlabkisi 22-23 iyul, javob o‘yinlari esa 8-9 avgustga rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0