YeIga a’zo 14ta mamlakat Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborishga rozi bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi
Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tusk ushbu qarorni qabul qilgan davlatlar nomlarini va chiqarib yuboriladigan diplomatlar sonini aytmagan

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqiga a’zo 28 mamlakatdan o‘n to‘rttasi "Skripal ishi" bo‘yicha Londonga xayrixohlik ramzi sifatida Rossiya Federatsiyasining diplomatlarini chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar. Bu haqda dushanba kuni Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk ma’lum qildi.

Tereza Mey. - Sputnik O‘zbekiston
Skripal ishi: Tereza Mey Rossiyaga ultimatum e’lon qildi
AQSh agar Rossiya javob chora tariqasida diplomatlarni chiqarib yuboradigan taqdirda, yangi choralarni qo‘llashga tayyorligini bildirgan.

"Yevropa Ittifoqining 14ta mamlakati rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga qaror qildi", — deb ma’lum qilgan Tusk jurnalistlarga.

Tusk ushbu qarorni qabul qilgan davlatlar nomlarini va chiqarib yuboriladigan diplomatlar sonini aytmagan.

Eslatib o‘tamiz, Britaniyaning Solsberi shaharchasida 14-mart kuni britaniyalik shpion Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Britaniya tomoni Skripallarning zaharlanishida Rossiyaning qo‘li borligini ta’kidlamoqda, Rossiya esa buni qat’iy inkor qilib kelyapti.

Yangiliklar lentasi
0