"O‘zbekenergo" Afg‘oniston uchun yangi elektr uzatish liniyasi qurishni boshladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach (LEP)
Linii elektroperedach (LEP) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollar, liniya uzunligi - 260km, tugatish mudati - 2020-yil oxiri.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. "O‘zbekenergo" Afg‘oniston yo‘nalishida yangi elektr liniyasi qurishni boshladi, deb xabar qildi shanba kuni kompaniya rahbari Ulug‘bek Mustafoyev.

“Biz O‘zbekiston hududida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qurilish ishlarini boshladik. Iyun oiydan boshlab Afg‘oniston hududida ishlay boshlaymiz”, — dedi Mustafoyev.

“O‘zbekenergo” xabariga ko‘ra, “Surxon – Puli–Xumri”  yo‘nalishida qurilayotgan elektr uzatish liniyasi uzunligi 260 kilometrni tashkil qiladi. Yangi liniya O‘zbekistondan Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi hajmini 70 %ga oshirib, ya’ni yiliga — 6 milliard kVt.soatga yetkizadi. Elektr uzatish liniyasi 2020-yil oxiriga qadar ishga tushishi kerak.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati

Umumiy qiymati 150 million dollar bo‘lgan loyihaning 120 million dollari Afg‘oniston hukumati mablag‘lari evaziga, qolgan qismi esa “O‘zbekenergo” mablag‘lari evaziga moliyalashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017  yilning dekabr oyida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi davomida, ikki mamlakat orasida quvvati 500 kV bo‘lgan “Surxon – Puli–Xumri”   elektr uzatish liniyasi qurish haqida shartnoma imzolangan edi.

Mustafoyev aytishiga qaraganda, O‘zbekiston Afg‘onistonga 2002-yildan buyon elektr energiyasi yetkazib berib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida elektr energiyasi yetkazib berish hajmi yiliga 62 million kVt.soatdan 1,8 milliard kVt.soatgacha oshdi.

Yangiliklar lentasi
0