Yevropaning 20ga yaqin davlati Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborishi mumkin

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishFlag Rossii
Flag Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniyaning Solsberisida yuz bergan Razvedka bosh boqarmasi sobiq polkovnigi Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishi bilan bog‘liq hodisa tobora o‘tkir tus olmoqda. Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey YeI davlatlari rahbarlaridan Rossiya elchilarini Yevropadan chiqarib yuborishga chorlamoqda

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Yigirmaga yaqin Yevropa davlatlari sobiq razvedkachi Sergey Skripal va uning qizi bilan yuz bergan hodisadan so‘ng Rossiya diplomatlarini o‘z hududlaridan chiqarib yuborishga hozirlik ko‘rmoqda. G‘arb bu ishda Moskvaning qo‘li borligini tinimsiz ta’kidlab kelmoqda. Bu haqda britaniyaning The Times nashri xabar qilgan.

Proyeksiya s Putinim na zdanii MID Velikobritanii v Londone - Sputnik O‘zbekiston
"Meni sog‘indingizmi?": Britaniya TIV binosida Putin tasviri namoyon bo‘ldi

Nashr o‘z ismini oshkor qilmagan manbaga tayangan holda "muvofiqlashtirilgan chiqarishlar seriyasi"da Fransiya, Germaniya, Polsha, Irlandiya, Niderlandiya, Bolgariya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Latviya va Litva ishtirok etishi mumkinligini xabar qilgan.

Nashrga ko‘ra, 26-mart kuni to‘rt hafta muddatga Yevropa Ittifoqi elchisi Markus Ederer Rossiyadagi chaqirib olinadi. YeI mamlakatlari rahbarlari Brusselda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng xuddi shunday qarorga kelishgan.

Bundan tashqari YeI mamlakatlari Solsberida yuz bergan hodisadan so‘ng umumiy bayonnomani tasdiqlashgan bo‘lib, unda ular Londonning bu ishda "katta ehtimol bilan Moskva javobgar" degan bayonotiga qo‘shilishlarini bildirishgan va bu ishda "boshqacha haqiqatga yaqin izoh bo‘lishi mumkin emasligini" ma’lum qilishgan.

AQSh Davlat departamenti izohi

AQSh Britaniya josusi Sergey Skripalning Solsberidagi zaharlanishi bilan bog‘liq hodisadan so‘ng Rossiya nisbatan turli chora variantlarini ko‘rib chiqmoqda, deb bayonot qilgan 23-mart kuni AQSh Davlat departementi rasmiy vakili Xezer Nauert RIA Novosti nashriga.

Sotrudniki posolstva RF v Londone. 20-marta 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Chiqarib yuborilayotgan rossiyalik diplomatlar Londondagi elchixonani tark etishdi

"AQSh Rossiyaning Buyuk Britaniyada amalga oshirgan o‘ta nojo‘ya hatti-harakatlariga turlicha javob choralarini ko‘rib chiqmoqda. Bu bilan biz, shuningdek, ittifoqdoshimiz bilan yakdil ekanligimizni namoyon qilib, xalqaro normalar va bitimlarni bu qadar ochiq buzgan Rossiyani javobgarlikka tortishni istaymiz. Bugunchalik Davlat departamenti xabar qilishi mumkin bo‘lgan choralar yo‘q bo‘lsa-da, lekin biz harakatga tushishimiz bilan, bu haqda albatta, sizlarni xabardor etamiz", — degan Xezer Nauert.

Sal oldin CNN telekanali o‘z ismini sir saqlagan manbaga tayangan holda AQSh milliy xavfsizlik kengashi Skripal hodisasidan keyin prezident Donald Trampga Rossiya diplomatlarini mamlakat hududidan chiqarib yuborishni tavsiya etgani haqida xabar qilgan edi. Bu borada qaror tez vaqtda qabul qilinishi mumkin.

ODKB mamlakatlari nima deydi?

Rossiya TIV Moskva Solsberida yuz bergan hodisaga aloqador emasligi va aloqador bo‘lishi mumkin emasligiga Rossiyaning ODKB bo‘yicha hamkorlari tushunish bilan qaradilar, deya bayonot qildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar Solsberida yuz bergan hodisa — britaniya maxsus xizmatlariga ishlagan Razvedka bosh boshqarmasining zaxiradagi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanishidan keyin o‘tkir tus oldi. Britaniya tomon hech qanday dalillarni keltirmasdan, "Novichok" moddasi bilan zaharlangan Skripallarning o‘limida Rossiyaning aloqasi borligini qat’iy ta’kidladi.

Ushbu munosabat bilan Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey Rossiyaga qarshi qator choralar e’lon qildi: 23 nafar Rossiya elchisining mamlakatdan chiqarib yuborilishi, oliy darajadagi ikkiyoqlama aloqalarning muzlatib qo‘yilishi shular jumlasidandir.

Rossiya Skripallarning zaharlanishiga o‘zining hech qanday aloqasi yo‘qligini qat’iy ta’kidlab kelmoqda.

Rossiya TIV ham Buyuk Britaniyaga qarshi javob choralarini e’lon qildi va Britaniya elchixonasining 23 nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi.

Yangiliklar lentasi
0