"Meni sog‘indingizmi?": Britaniya TIV binosida Putin tasviri namoyon bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Tasvirda "Miss me?" ("Meni sog‘indingizmi?")degan yozuv chiqib turadi. Bu so‘zlar Britaniyaning "Sherlok" serialida detektivning yovuz dushmani Jim Moriarti tomonidan bir necha marta yangraydi

Tasvirda "Miss me?" ("Meni sog‘indingizmi?") degan yozuv chiqib turadi. Bu so‘zlar Britaniyaning "Sherlok" serialida detektivning yovuz dushmani Jim Moriarti tomonidan bir necha marta yangraydi.

Video mualliflari o‘z izohlarida G‘arb "hamma narsada ruslar va Putin" aybdorligini ta’kidlab juda oddiy yo‘ldan ketganligini qayd etishgan.

"Ruslar o‘zlarining kuchli yetakchilarini sevishadi va uni yana prezident etib saylashdi. Kelinglar, rus xalqining tanlovini hurmat qilaylik", — deyiladi rolikka izohda.

Avvalroq "Dunyoviy tartib-2018" filmi uchun bergan intervyusida Vladimir Putin G‘arb OAVlari uni "dunyoning eng yovuz kishisi" deb atashlariga "allaqachon ko‘nikib qolgani"ni aytgandi.

Yangiliklar lentasi
0