O‘zbekiston valyuta olib chiqish tartibini soddalashtirdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: dollari SShA
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda valyutani O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnoma Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari tomonidan beriladi

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston besh ming dollardan oshiq miqdordagi valyutani mamlakatdan olib chiqish tartibini soddalashtirdi, deb xabar berdi Markaziy Bank matbuot-xizmati.

O‘zbekistonda valyuta olib kirish va olib chiqish qoidalari tasdiqlandi
Yangi tartibga muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan 5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan oshgan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnoma Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari tomonidan beriladi.

Bunga qadar mazkur ruxsatnoma faqatgina Markaziy bank tomonidan berilar edi.

Endilikda ruxsatnoma olish uchun jismoniy shaxslar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga tegishli hujjatlarni topshiradi.

Ruxsatnoma olish uchun topshiriladigan naqd xorijiy valyuta kelib chiqishining manbasini tasdiqlovchi hujjatlar aniqlashtirilib, ushbu hujjatlar toifasiga ilgari naqd xorijiy valyuta sotib olinganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi, jismoniy shaxsning bankda ochilgan hisobvaraqlariga xorijdan kelib tushgan valyuta mablag‘larini yechilganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi, naqd xorijiy valyutani xorijiy davlatlardan olib kelganligini tasdiqlovchi bojxona deklaratsiyasi kiritildi.

Ruxsatnomani berganlik uchun jismoniy shaxslardan to‘lov undirilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0