Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba prezidentaPrivetstvennoe slovo prezidenta Islama Karimova
Privetstvennoe slovo prezidenta Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘oliblarni taqdirlash tantanali marosimi 3-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 23 mar – Sputnik. Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Islom Karimov nomidagi Fondning Vasiylik Kengashi raisi Lola Karimova-Tillyayeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova otasining yubileyi munosabati bilan o‘ziga xos tanlov e’lon qildi

Uning yozishicha, insholar quyidagi mezonlar asosida tekshirildi: fikrlarning ravon va to‘g‘ri ketma-ketlikda bayon etilganligi, mavzuning to‘liq ochilganligi, mavzuga oid faktlar va misollarning o‘rinli keltirilganligi, keltirilgan faktlar, misollarga berilgan shaxsiy fikr-mulohazalarning o‘rinliligi, boshqa insholarga o‘xshamasligi va alohida ajralib turish darajasi, badiiy yondashuvning mavjudligi va hokazo.

Tanlovga taqdim etilgan insholar o‘z sohasida katta tajribaga ega atoqli tarixchi, siyosatshunos, va filolog olimlardan tashkil topgan maxsus komissiya tomonidan tahlil etilib baholandi.

Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida 22-yanvardan 22-fevralga qadar o‘tkazilgan insholar tanlovida O‘zbekistondagi 74ta oliy o‘quv yurtining 485 nafar talabasi ishtirok etdi.

"Joriy yilning yanvar oyida e’lon qilingan mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning respublikamiz yangi tarixi xususidagi hamda mamlakatimiz davlat mustaqilligini qaror toptirish, xalqaro barqarorlikni ta’minlash va Vatanimizning tarixiy-madaniy merosini qayta tiklashda Islom Karimovning tarixiy xizmatlari borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etildi", — deb yozadi u.

Tanlovda 1-o‘rinni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining V-bosqich talabasi Akromov Otabek qo‘lga kiritdi. U 7 mln so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple MacBook Air 13 8/256 GB noutbuki sovrindori bo‘ldi.

2-o‘rinni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining V-bosqich talabasi Shorustamova Malika egallab, 6 mln so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple iRad Pro 10.5 4G 256GB plansheti sohibi bo‘ldi.

3-o‘rin Toshkent davlat yuridik universitetining IV-bosqich talabasi Toshkanov Nurbekka berilib, u 5 mln so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan iPhone 8 64 GB smartfoni egasiga aylandi.

Ijodiy ishlari yuqori ball to‘plagan yana 7 nafar ishtirokchiga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar, ya’ni Fond logotipi tushirilgan Kindle bukriderlari taqdim etiladi.

G‘oliblarni taqdirlash tantanali marosimi 3-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Islom Karimov nomidagi Fond 2016-yilning oktabr oyida Lola Karimova-Tillyayeva va Tatyana Karimova tomonidan O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va Birinchi Prezidentining xotirasini abadiylashtirish maqsadida ta’sis etilgan. Ta’lim sohasida grant dasturlarini amalga oshirish Fond faoliyatining muhim yo‘nalishlardan biridir.

Yangiliklar lentasi
0