Sobiq prokuror yordamchisi Mirzayev va uning oilasidan jabr ko‘rganlar qidirilmoqda

© Nuz.uzSegodnya rabotniki prokuraturi vpervie otmechayut svoy prazdnik
Segodnya rabotniki prokuraturi vpervie otmechayut svoy prazdnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar prokurorining sobiq yordamchisi Mirzayevdan jabr ko‘rganlar Respublika Bosh prokuraturasiga murojaat qilishlari so‘ralmoqda

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari M.A.Mirzayevdan jabr ko‘rgan fuqarolarni qidirmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Toshkent viloyatining ikki sobiq prokurori ushlanganini ma’lum qildi
"Bosh prokuratura tomonidan R.Qodirovga nisbatan o‘tkazilayotgan jinoyat ishi tergovi doirasida Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari M.A.Mirzayev, uning turmush o‘rtog‘i M.X.Mirzayeva, o‘g‘li A.M.Mirzayev ishtirokida juda ko‘p miqdorda pora olish, boshqa mansabdorlik jinoyatlarini sodir etganlik holatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, agar Siz ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan pora olish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish yoki boshqa jinoiy qilmishlar oqibatida jabrlanuvchi yoki guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz, Bosh prokuraturaga ariza bilan murojaat qilishingiz yoki 233-63-33, 236-00-76 telefon raqamlari orqali xabar berishingiz mumkin", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, sal avval  O‘zbekiston sobiq bosh prokurori R.Qodirovga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev va uning oila a’zolari ushlanganligi to‘g‘risida xabar tarqatilgan edi va shundan so‘ng Bosh prokuratura Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev va uning oila a’zolari ushlanganligiga raddiya bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0