Bosh prokuratura Toshkent viloyatining ikki sobiq prokurori ushlanganini ma’lum qildi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari o‘tkazilayotgan jinoyat ishi doirasida R.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlanganligi haqida xabar berilgan edi

TOShKENT, 2-mart – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi respublika sobiq bosh prokurori R.Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi haqida tarqatilayotgan axborotlar foydalanuvchilarda tergov tafsilotlari borasida turli fikr va mulohazalarni keltirib chiqarayotganligini bildirdi.

Shu munosabat bilan, Bosh prokuratura O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq tergov organi dastlabki tergovni olib borish vaqtida jinoyat ishidagi barcha ma’lumotlarni yoki uning muayan qismidagi ma’lumotlarni oshkor qilinmaydigan deb e’tirof etishga haqli ekanligini ma’lum qildi.

Rassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude - Sputnik O‘zbekiston
Cobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga nisbatan qator moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

"Bu turdagi ma’lumotlar tergovning sifatli, to‘la va xolisona o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek jinoyat izlarining yo‘q qilinishi, jinoiy yo‘l bilan topilgan ashyolar, vositalarning yashirilishi, tergov organlarining haqiqatni aniqlash borasidagi faoliyatiga to‘sqinlik qilinishi yoki tergov jarayonini qiyinlashtiruvchi boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida oshkor qilinmaydi", — deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan.

Bildirilishicha, bu kabi axborotlarni e’lon qilish tezkor tadbirlar va dastlabki tergovga ziyon yetkazishi, aybdor shaxslarni o‘z vaqtida fosh etish va ushlashga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari o‘tkazilayotgan jinoyat ishi doirasida R.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlanganligi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha bosh prokurorning sobiq o‘rinbosarlari hamda Toshkent viloyatining sobiq prokurorlari J.Fayziyev va U.Sunnatov ushlangan.

Bosh prokuratura mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov sirini tashkil qilmaydigan qo‘shimcha axborotlar vujudga kelishi barobarida Bosh prokuratura rasmiy saytida tegishli ma’lumotlar chop etib borilishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0