"Nima deyishga ham hayronmiz": bayramdan keyin sayilgohlar axlatxonalarga aylandi

© GUILLERMO LEGARIA / AFPVivoz musora
Vivoz musora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bayramdan keyingi ahvol. Nima deyishni ham bilmaymiz...", - deb yozgan axlatxonaga aylangan xiyobon suratini joylagan post muallifi

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Kuni kecha inshonlangan Navro‘z tantanalaridan keyin sayilgoh sifatida xizmat qilgan manzillar axlatxonalarga aylandi. Abduvali Qurbonov niki ostidagi foydalanuvchi xiyobonlarni suratga olib, Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi "Xalq bilan muloqot" guruhiga joyladi.

© Foto iz FeysbukaSituatsiya posle prazdnovaniya Navruza
Situatsiya posle prazdnovaniya Navruza - Sputnik O‘zbekiston
Situatsiya posle prazdnovaniya Navruza

"Bayramdan keyingi holat… Nima deyishni ham bilmaymiz…", — deb yozgan post muallifi suratlarga izoh berar ekan.

Internet foydalanuvchisi nima deyishni bilmagan bo‘lsa-da, ushbu postga ko‘zi tushgan guruh a’zolari nima deyishni yaxshi bilishgan va quyidagi izohlarni qoldirishgan.

Azizbek Allabergenov nikli foydalanuvchi post muallifiga bu holatni ko‘rsatganiga uchun rahmat aytib, vaziyatga "… xalqda hali dahldorlik tuyg‘usi shakllanmagannining yaqqol ko‘rinishi….", deya izoh bergan.

"Sharmandalik", — degan xolos Turg‘unov Jasur.

"500 dollardan shtraf qilib qo‘yishsa, muammo hal bo‘lardi. Tabiatni asrash o‘z qo‘limizda", — deb taklif kiritgan Saida ismli foydalanuvchi.

Bazar - Sputnik O‘zbekiston
"Puling yo‘q bozorda nima qilasan": nahotki pulga chaqilmaydigan hech nima qolmadi!?
Adxam Anvarovich Kalonov nikli foydalanuvchi ushbu posga izoh berar ekan, muallifning muddaosini tushunmaganini bayon etgan.

"Maorif va tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatdan ozod qilinsa ahvol shuuu" demoqchi bo‘lgan postmi bu??? Yoki "komxoz (obodonlashtirish) xodimlari ishlamayapti yoki yetishmayapti"mi? Balki "Urna (ahlat quti)lar yetarli bo‘lmaganligi tufayli"dir? Chiqindi tashlagani muayan joylar bormidi o‘zi? Kim shira bosgan qog‘ozlarini qo‘lida ko‘tarib yuradi?

P.S. Aybni kimgadir ag‘darishdan avval yetarli yechimini muxayyo etib qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi manimcha…", — degan u.

"Gap urnadamas, odamlar juda befarosat bo‘lib ketishgan", — degan yana bir foydalanuvchi.

"Odamni moldan va eshshakdan farqi sal tozalikka e’tiborliroq bo‘ladi, it ham yotgan joyini tozalab yotadi dumi bilan…afsus..", — deb yozgan Zoxidjon Ergashev.

Izoh qoldirayotganlarni aksariyati haqoratli so‘zlar qoldirishgan. Kesatiqli izoh berganlar ham ko‘p.

"Hammasiga turk seriallari, Ishani, anovi o‘zbekcha gapirishni bilmaydigan Rayhon, SSSR, Tramp, kiril alifbosi, Samvel Babayan, eshak go‘shtini sotganlar, soliqchilar, prokurorlar, hokimlar, bojxonachilar, poliklinika bosh vrachlari aybdor. Oddiy xalqimizda umuman ayb yo‘q. Noma’qul ishlarni qilmaydi", — deya kesatgan foydalanuvchilardan biri.

Prazdnovanie Navruza v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Bunaqasi bo‘lmagan: O‘zbekiston rahbari Sharqona Yangi yilni ikkita shaharda qarshi oldi
"Kaminaga bu rasm kelganda birinchi hayolimga kelgan narsa "Axlat tashlash uchun joylar yetarli emas", — degan fikr keldi. Lekin har kuni avtobusdan tushayotganimda bekatdagi holat ko‘z oldimga kelib, fikrimdan qaytdim. Hech e’tibor berganmisiz: bekatlarimiz atrofi to‘la yirtilgan chiptalar. 2-3 qadam narida esa axlat qutisi…", — deb yozgan Abduvali Qurbonov nikli foydalanuvchi.

"TV orqali hadeb er —xotinchilikni, qaynona-kelin janjallarini olib chiqavermay shu kabi masalalarni ko‘tarish kerak, chunki tarbiya bir daraxt. Daraxt ildizsiz bo‘lmaydi…", — deb yozgan Nasibaxon Ergasheva.

Shuningdek, foydalanuvchilar orasida (bayram ishtirokchilari bo‘lishsa kerak) "Obbo, shuyam muammomi?", deganlar ko‘pchilikni tashkil qilgan.

Axlatga aylangan sayilgoh surati ostida "Mollar!" deya izoh qoldirayotganlar ham ko‘p. Ushbu foydalanuvchilar esa bayramda ishtirok etmaganlar bo‘lsa kerak, degan taxminga borish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2018-yilda Navro‘zni ketma-ket besh kun davomida nishonlamoqda. Bayram oldidan respublikaning barcha hududlarida umumxalq hashari o‘tkazilib, unda 20 millionga yaqin fuqarolari ishtirok etdilar. Ikki kun ichida hashar ishtirokchilari 22 million daraxt ko‘chatlari, 14 million gul ko‘chatlarini ekdilar va 45 ming gektardan ziyod hududni, 8 ming qabristonni obodonlashtirdilar, 27 ming kilometr ariqlar hashar yordamida tozalandi.

Yangiliklar lentasi
0