Bunaqasi bo‘lmagan: O‘zbekiston rahbari Sharqona Yangi yilni ikkita shaharda qarshi oldi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti avvaliga Toshkent shahrida "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar markazida diplomatik korpus vakillari, xorijiy do‘stlar va hamkorlar bilan bayramni qarshi olgan bo‘lsa, so‘ngra qadim Samarqand tomon yo‘l oldi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Bu yil O‘zbekiston Navro‘z ayyomini besh kun davomida nishonlaydi. Bayram oldidan respublikaning barcha hududlarida umumxalq hashari o‘tkazilib, unda 20 millionga yaqin fuqarolari ishtirok etdilar. Ikki kun ichida hashar ishtirokchilari 22 million daraxt ko‘chatlari, 14 million gul ko‘chatlarini ekdilar va 45 ming gektardan ziyod hududni, 8 ming qabristonni obodonlashtirdilar, 27 ming kilometr ariqlar mana shu hashar yordamida tozalandi.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya prazdnovaniya Navruza - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: har kunimiz Navro‘z bo‘ladi
Bugun O‘zbekiston yanada ko‘rk ochgan.

Ko‘chalarda fuqarolar bayramona liboslarda oilaviy xalq sayillari o‘tkazilayotgan hududlar tomon shoshilmoqdalar. Barchaning yuzida tabassum, hamma bir-birini Yangi kun, Sharqona Yangi yil, bahor bayrami bilan qutlagan, yaxshi niyat tilagan…

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kunning birinchi yarmida Navro‘z ayyomini Toshkent shahrida — "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar markazida diplomatik korpus vakillari, xorijiy do‘stlar va hamkorlar bilan qarshi oldi.

Atrofi va hududi bahor libosi — lola gullarga ko‘milgan "O‘zekspomarkaz"da xorijiy mehmonlarga va barcha ishtirokchilarga rejissor Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan konsert dasturi taqdim etildi.

Butun respublikadan to‘plangan badiiy jamoalar o‘z dasturlari bilan tomoshabinlarni xushnud etdilar.

Xalq artistlari: Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Nasiba Abdullayeva, Gulsanam Mamazoitova va boshqa san’atkorlarning "Navro‘z", bahor, Vatanga atalga kuy-qo‘shiqlari yangrab o‘tdi. 

Milliy raqslardan tortib "Kalinka"gacha ijro etildi.

Bu yilgi Navro‘z dasturi o‘zgacha sahnalashtirilgani bilan e’tiborni tortdi.

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v gulyaniyax v chest Navruza - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev yurtga qut-baraka, xalqqa tinchlik-farovonlik tiladi
Bahoriy gullar va milliy qo‘g‘irchoqlar bilan bezatilgan sahnaviy ko‘rinishlar, dorbozlar chiqishi, karnay-surnay sadolari, maftunkor raqqosalar va mohir raqqoslar ijrosi mehmonlar ko‘nglini tog‘dek ko‘targan bo‘lsa, vaqti-vaqti bilan sahna ustidan yog‘dirilgan "kumush yomg‘ir" dasturga sehr bag‘ishladi.

Mehmonlarga sumalak, bahor taomi — halisa va ko‘kat solib tayyorlangan somsalar va albatta, o‘zbek palovi ulashildi.

Aytish joizki, Ichki ishlar organlari xodimlari ham o‘z vazifalarini astoydil bajardilar. Bayramona liboslarda xalq xavfsizligini ta’minladilar. 

Davlat rahbari tadbir ishtirokchilari bilan qo‘l berib ko‘rishib, so‘ngra, o‘z prezidentini tabriklashga kelgan oliygohlar talabalari davrasida ham bo‘ldi.

"Tabriklaymiz" hayqiriqlari ostida "O‘zekspomarkaz"ni tark etgan davlat rahbari qadimiy Samarqand tomon yo‘l oldi.

Shahri azim ham Navro‘z shodiyonalarini munosib qarshi olishga shay holatga keltirilgan.

Mirziyoyev Samarqandda viloyat jamoatchiligi, nuroniylar, faollar, yoshlar bilan suhbatlashib, barchani bayram bilan yana bir bor tabrikladi.

Prezident matbuot xizmati muloqot chog‘ida O‘zbekistondagi islohotlar, odamlar hayotidagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi, deya ma’lum qilmoqda.

Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
IIV Navro‘z kunlarida xavfsizlik choralarini ta’minlash kuchaytirilganini bildirdi
O‘zbekiston rahbari shuningdek, shahardagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida o‘rnatilgan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari poyiga gul qo‘ygan.

Samarqanddagi bayram shodiyonalarida tojikistonlik mehmonlar ham qatnashishgan.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonda bu yil Navro‘z o‘zgacha kechmoqda. Nafaqat quyosh, balki jamiki o‘zbekistonliklar butun olamni mehrlari, tabassumlari va saodatli qiyofalari bilan munavvar etdilar.

Sharqona Yangi yil har bir xonadonga cheksiz baxt va quvonch, farovonlik olib kelsin! Navro‘zingiz muborak, azizlar!

Yangiliklar lentasi
0