Shodmonov: ortiqcha dabdababozliklar chaqaloq salomatligiga salbiy ta’sir qiladi

© Press-slujba Minzdrava RUzMinistr zdravooxraneniya RUz Alisher Shadmanov
Ministr zdravooxraneniya RUz Alisher Shadmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chaqaloq dunyoga kelishi bilan o‘tkaziladigan ortiqcha dabdababozlikdagi marosimlarning yangi tug‘ilgan go‘dak va ona sog‘ligiga salbiy ta’siri tibbiy nuqtayi nazardan tushuntirilmoqda

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida oilada farzand dunyoga kelishi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosimlar, ayniqsa, tug‘ruqxonadan chaqaloqni olib chiqish tadbirlaridagi dabdababozlik, milliy urf-odatlarimizga zid bo‘lgan ortiqcha marosimlarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ma’lum qildi.

To‘y korteji - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston faollari mamlakat xalqini dabdabaga qarshi kurashishga da’vat qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda tibbiyot muassasalarida akusher-ginekologlar, oila shifokorlari, patronaj hamshiralar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Homilador ayollar, qaynona-qaynotalar bilan alohida targ‘ibot ishlari o‘tkazilmoqda. Chaqaloq dunyoga kelishi bilan o‘tkaziladigan ortiqcha dabdababozlikdagi marosimlarning yangi tug‘ilgan go‘dak va ona sog‘ligiga salbiy ta’siri tibbiy nuqtayi nazardan tushuntirilmoqda. Ayniqsa, chaqaloq tug‘ilgach, dastlabki qirq kun ona va bola sog‘ligi uchun eng muhim palla ekani, bu muddat ichida qarindosh-urug‘larning yo‘qlovi ham ular salomatligiga salbiy ta’sir qilishi haqida suhbatlar o‘tkazilmoqda.

"Chilla davri deb aytiladigan bu muddatga xalqimiz qadimdan ham alohida e’tibor qaratib kelgan", — deydi Shodmonov.

Vazirning bildirishicha, birgina Toshkent shahrida ushbu targ‘ibotlar natijasida mingga yaqin yosh oilalar tug‘ruq majmuasidan chiqish jarayonlarini ixcham, ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliklarsiz, milliy urf-odatlar bo‘yicha o‘tkazishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev to‘y-marosimlardagi ortiqcha dabdababozliklarni keskin tanqid qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0