Tokioda O‘zbekiston savdo uyi ochiladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Tokio
Goroda mira. Tokio - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UzTrade kompaniyasi va Yaponiyaning Meiko Corporations kompaniyasi ushbu loyiha hamkorlari hisoblanadi

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Tokioda 2018-yil o‘rtalarida milliy mahsulotlar muntazam namoyish qilinuvchi O‘zbekiston savdo uyi ochiladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston Yaponiya, Koreya Respublikasi va Singapur uchun vizasiz rejim joriy etadi

Bu haqdagi kelishuvga O‘zbekiston delegatsiyasining Tokioda bo‘lib o‘tgan "O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning yangi trendlari" investitsion forumi davomida erishildi.

UzTrade kompaniyasi va Yaponiyaning Meiko Corporations kompaniyasi ushbu loyiha hamkorlari hisoblanadi. Ular ushbu mamlakatda o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari namunalarini namoyish etishni rejalashtirishgan.

Dastlabki bosqich yakuniga yetishi bilan savdo uyiga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari sinov tarzida yetkazib berilishi boshlanadi.

Bugungi kunda Yaponiya O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yirik investorlardan biri hisoblanadi. Respublikaga taqdim etilgan sarmoya miqdori 4,1 milliard dollardan oshdi.

O‘zbekistonda Yaponiyaning o‘ndan ortiq kompaniyalari vakolatxonalari va Isuzu, Itochu, Toyota Tsusho, Marubeni, Mitsubishi, JOGMEC kabi kompaniyalar bilan tashkil etilgan qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0