TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekistonda chet ellik sayyohlar uchun viza rejimini liberallashtirish uchun bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Polsha va Turkiya fuqarolari uchun viza olish tartibi soddalashtirildi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.
Shuningdek, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Singapur fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish va elektron vizalar tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari ishlab chiqilmoqda.
Yakka va guruh bo‘lib keluvchi sayyohlar uchun viza olish talablari osonlashtirildi.
O‘zbekistonga ziyorat turizmi dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi mobaynida 110 ming nafar chet el fuqarosiga sayyohlik vizalari berildi, bu ko‘rsatkich 2016-yilgi natijadan 34 foiz, yoki 81 mingdan ziyod kishiga ko‘p.