Tojikiston hukumati ayollar uchun liboslar yo‘riqnomasi ishlab chiqdi

© Sputnik / StringerDevushki v tadjikskix naradax
Devushki v tadjikskix naradax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Madaniyat vazirligi ayollarga qora rangli kiyim-bosh, kalta yubka va tor kiyimlar kiyishni tavsiya etmaydi.

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Tojikistonda ayollariga qanaday kiyinish keraligini haqida tavsiyanoma chop etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.

Tojikistonda mustaqillik kuni - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston aholisiga atlas kiyim qimmatlik qilyapti

Tojik tilida nashrdan chiqqan tavsiyanoma-kitob 368 varaqdan iborat bo‘lib, uning umumiy tiraji 300 dona, narxi 12,5 dollar.

Yetti yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun mo‘ljallangan kitobda, bayram va ish kunlari kiyiladigan kiyimlar, davlat ishida ishlaydigan ayollar uchun liboslar, to‘yxonalarda va milliy bayramlarda kiyiladigan liboslar eskizlari va namunalari fotosuratlari bor.

Shuningdek, yo‘riqnomada kiyish maslahat berilmaydigan  liboslar haqida ham aytib o‘tilgan. Bunday kiyimlarga: qora rangli ro‘mollar, qora rangli hijob va boshqalar kiritilgan.

“Kalta yubka, topiklar, ochiq dekolteli yevropacha liboslar ham ma’qulluanmaydi. Jamoat joylarida kalish, shippak va uy kiyimlarida bo‘lish, yopishib turuvchi tor kiyimlar kiyish, sintetik matolardan tikilgan kiyimlar kiyish ham maslahat berilmaydi”, — deyilgan yo‘riqnomada.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston hukumati bundan oldin ham ayollar qanday liboslar kiyayotganini nazorat ostiga olish kerakligini, respublikada milliy kiyimlar kiyishni qo‘llab-quvvatlash kerakligi bor necha bor ta’kidlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0