Tojikiston aholisiga atlas kiyim qimmatlik qilyapti

© Sputnik / Iskandar Aminov / Mediabankka o‘tishTojikistonda mustaqillik kuni
Tojikistonda mustaqillik kuni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Fan va ta’lim vazirligi mamlakatdagi barcha o‘qituvchi, o‘quvchi-talabalarga 2017-yilning 1-martidan boshlab o‘quv dargohlariga milliy liboslarda kelishni tavsiya etgan edi. Tojikistonliklarning aksariyati atlas kiyish ularning cho‘ntaklariga og‘irlik qilayotganini aytishmoqda

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Tojikiston Fan va ta’lim vazirligi o‘zining ushbu farmoni mamlakat yoshlarida vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilganini ma’lum qilgan edi.

Tojik milliy liboslari - Sputnik O‘zbekiston
Tojik xotin-qizlariga atlas ko‘ylaklarda yurish buyurildi
2-mart tonggi Nazarovlar oilasida "urush" bilan boshlandi, deb yozadi Sputnik Tojikiston. Gap shundaki, o‘qituvchidan darsga milliy libosda kelish lozimligi haqida eshitgan oilaning to‘ng‘ich qizi ota-onasini unga atlas oberishga qistamoqda. Oila boshlig‘ining oiladagi sarf-harajatlarga zo‘rg‘a pul topapmanu, degan gapi qizaloqqa kor qilgani yo‘q. U bir gapni tinimsiz takrorlaydi: "olib bermasangiz, muallimam meni bugun o‘ldiradi".

"Rafiqam bilan o‘tgan yildayoq bir narsani anglab yetganmiz: milliy libos — pulni behudaga sarflash deganidir. O‘tgan yil Navro‘zda unga 200 somoniy(24 dollarga)ga ko‘ylak olib bergan edik. O‘sha vaqtda bunga "xop" deganimning boisi, farzandimiz endi maktabga qadam qo‘ygan edi. Sinfda boshqalardan kam bo‘lishini xohlamagan edim.Oddiy elektrik bo‘lsam, bunday xarxashalarni bajarishga qurbim hamisha ham yetavermaydi", — deya nolidi Rustam Nazarov.

Aytish joizki, mamlakat Ta’lim vazirligining mazkur farmoni aholi o‘rtasida qizg‘in muhokama qilinmoqda. Kimlardir Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi qayoqqa qarayotganidan yozg‘irsa (sovuq ob-havoda o‘quvchi-qizlarlarning aksariyati yengil oyoq kiyim va atlas ko‘ylakda maktabga borishga majbur bo‘lyapti), boshqalar esa tojik xalqidagi vatanparvarlik uchun yosh qizlar qurbonlik keltirishlari lozimmi, degan savolni o‘rtaga tashlashmoqda.

Muzokaralar qizg‘in davom etayotgan bir pallada Vazirlikdagilar bu farmonni bajarish majburiy emas, u shunchaki tavsiya xolos, deya tushuntirish berishga shoshilmoqda.

"Bu Farmonni bajarish shart emas. Cho‘ntagingizdagi so‘nngi chaqalarni yangi ko‘ylakka sarflang demayapti hech kim. Kimda shunga sharoiti bo‘lsa, yoki kimning milliy libosi bo‘lsa, o‘shalar kiyib kelsin. O‘g‘il bolalarga esa bu umuman tegishli emas", — deya aniqlik kiritgan Tojikiston Ta’lim vazirligi.

Jamoatchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Maryam Dovlatova esa vatanparvarlik va faxr tuyg‘usi kuch bilan singdirilmaydi, degan fikrda.

— Asl g‘urur tuyg‘usi va vatanparvarlik hissini kuch bilan singdirib bo‘lmaydi, bu tuyg‘ularni tarbiyalash kerak. Va bu uzoq davom etadigan, tirishqoqlikni talab etadigan ish. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, agar biz bunga majburlaydigan bo‘lsak, u xalqda norozilik uyg‘otishi, uning g‘ashini keltirishi mumkin, — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0