TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Muqaddam sudlangan A.Safarov tadbirkorga suvenir bo‘lgan yetti ming yetti yuz ellik AQSh dollarini berib aldadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, firibgar tadbirkorning mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini "Sirdaryo viloyati Guliston shahrida "Akfa" romlarni yasash bilan shug‘ullanaman" deb aldagan. So‘ngra umumiy qiymati 36 ming 300 ming so‘mlik oynalarni sotib olishga kelishib, oynalarni Sirdaryo tumani hududida kutib olib, oq polietilen paketga skotch bilan o‘ralgan suvenir bo‘lgan 7 ming 750 AQSh dollarini garov sifatida bergan.
Ammo bu ham hammasi emas. Firibgar oynalarni Guliston shahrida joylashgan "Lord savdo invest" xususiy korxonasi rahbari, X.Axmedovga sotib yuborib, voqea joyidan yashiringan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi, maqaddam sudlangan, 1989-yilda tug‘ilgan A.Safarov sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.