Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumanida AQSh tomondan Tomas Shennon ishtirok etadi

© AFP / STRAQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon
AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TIV Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanda AQSh tomonidan kim ishtirok etishini ma’lum qildi

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon 26-27 mart kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etadi.

Flagi stran-uchastnis konferensii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha anjumanga Qatar ham taklif etildi

"AQShning Toshkentdagi Elchixonasi rasman ma’lum qilishicha, Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada AQSh delegatsiyasiga Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon rahbarlik qiladi. Shuningdek, Toshkent forumida Yaponiya tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi, Elchi Hiroshi Takahashi boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etishini ma’lum qilamiz", — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun YeI tashqi siyosat xizmati rahbari, BMT Bosh kotibi, Xitoy Tashqi siyosat muassasasi rahbari taklif etilgan. Rossiya delegatsiyasi mamlakat TIV rahbari Sergey Lavrov boshchiligida tashrif buyuradi.

Yangiliklar lentasi
0