Toshkentda o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha anjumanga Qatar ham taklif etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi stran-uchastnis konferensii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Sentralnoy Azii
Flagi stran-uchastnis konferensii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qatar vakillarining yaqin vaqt ichida rasmiy javob qaytarishlari kutilmoqda

TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Qatar Tashqi ishlar vazirligi vakillari Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha 26-27 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyaga taklif etildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumanida Yevrokomissiya vitse-prezidenti qatnashadi

"Taklifnoma shuningdek, afg‘on muammosi bo‘yicha ko‘plab, xususan, "Qobul jarayoni" va boshqa tashabbuslarning faol ishtirokchisi bo‘lgan hamda "Tolibon" ishtirokida tinchlik jarayonini tashkil etishda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan Qatar Tashqi ishlar vazirligiga ham yuborildi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

TIVning aniqlik kiritishicha, Qatarni anjumanga taklif etish tashabbusi Afg‘oniston tomonidan xalqaro anjuman o‘tkazish tashabbuskori bo‘lgan O‘zbekiston bilan hamkorlikda ilgari surilgan.

Qatar vakillarining yaqin vaqt ichida rasmiy javob qaytarishlari kutilmoqda.

"Tolibon" harakati vakolatxonasi AQSh, Afg‘oniston va Qatar hukumatlari qo‘llab-quvvatlovi ostida 2013-yilda Dohada ochilgan.

O‘zbekiston TIVning ma’lumot berishicha, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun YeI tashqi siyosat xizmati rahbari, BMT bosh kotibi, Xitoy tashqi siyosat mahkamasi rahbari taklif etilgan. AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham anjumanda ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0