Vazir o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev o‘qituvchilarni tinch qo‘yishga chaqirdi

© Press-klubZamestitel predsedatelya Narodnogo obrazovanie Alisher Sadullayev
Zamestitel predsedatelya Narodnogo obrazovanie Alisher Sadullayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjonov Samarqandda yuz bergan fojia yuzasidan berilgan savolga javoban "Bo‘lib o‘tgan hodisa albatta juda achinarli. Fojiaga olib kelgan sabablar hozirda o‘rganilmoqda. Natijasiga ko‘ra tegishli choralar belgilanadi", degan edi va marhumaning oilasiga ta’ziya bildirgan edi

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev o‘zining Feysbukdagi sahifasida Samarqanddagi fojiaga tanqidiy munosabat bildirib, hukumatni kerakli hujjat qabul qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy ilning 14-mart kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ko‘cha tozalash ishlariga jalb qilingan 23 yoshli Diana Yenekeyevani katta yo‘ldagi to‘siqlarni oqlash chog‘ida yuk mashinasi urib ketgani, o‘qituvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilganiga qaramay vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Prezident matbuot kotibi Samarqanddagi fojia sabablari o‘rganilayotganini bildirdi
Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev ro‘y bergan fojiaga o‘z munosabatini bildirar ekan, barchadan bo‘lar-bo‘lmas gaplar emas, xolis ko‘mak kutib qolishini ma’lum qilgan.

"Xalqimiz azaldan ustozlarni ardoqlab kelgan. Ilm tarqatuvchilarga berilgan e’tibor va ehtirom, Xudo xohlasa, o‘z natijasini beradi. Har bir rahbar maktabda o‘qigan hamda ustoz ko‘rgan va ishonchimiz komil ular o‘z ustozlarini ardoqlashadi. Hali bu kabi yumushlarni innovatsiya orqali yengillashtirish va katta yutuqlarga erishish mumkin. Buning uchun faqat o‘qituvchilarga bor imkoniyatni yaratib berishimiz zarur shunda o‘qituvchi emas innovatsiya bizga yechim bo‘ladi.

Iqtisodimiz gullab-yashnaydi. Yurtboshimiz ham xalqimiz g‘amida tinim bilganlari yo‘q. Xudo xohlasa, kunlar kelib bu kunlarni eslab yuramiz. Har qanday rivojlangan davlat ham ta’lim orqali rivoj topgan. Hamma do‘stlarimizdan bo‘lar-bo‘lmas gaplar emas, xolis yondoshilgan ko‘mak va talqin kutib qolamiz.

Bas, yetar! O‘qituvchilarni tinch qo‘ying. Hamma o‘z ishini qilsin. Parlament a’zolari, deputatlar va boshqa davlat organlari kelinglar bir meyoriy hujjat ishlab chiqaylik. Millat taqdiri-ku axir!", — deb yozgan vazir o‘rinbosari.

Sal oldin O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjonov ushbu fojia yuzasidan berilgan savolga javoban "Bo‘lib o‘tgan hodisa albatta juda achinarli. Fojiaga olib kelgan sabablar hozirda o‘rganilmoqda. Natijasiga ko‘ra tegishli choralar belgilanadi. O‘z nomimdan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etaman", degan edi.

Yangiliklar lentasi
0