Yo‘l qoidasini buzgan IIB xodimi jarimaga tortildi

© Press-slujba UBDD GUVD TashkentaNa nereguliruyemix peshexodnix perexodax Tashkenta ustanovat novie svetootrajayushie znaki
Na nereguliruyemix peshexodnix perexodax Tashkenta ustanovat novie svetootrajayushie znaki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Piyodalar o‘tish joyida avtomobilini qoldirgan post-patrul xizmati xodimiga eng kam ish haqqining 3 barobari miqdorida jarima solindi

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Post-patrul xizmati xodimi yo‘l —harakati qoidasini buzganligi uchun jarimaga tortildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Biroz oldin ichki ishlarga tegishli bo‘lgan avtomobil "Piyodalar o‘tish joyi" belgisi ostida to‘xtab turgani aks etgan fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

© Foto: GUVD TashkentaPiyodalar o‘tish joyi belgisi ostida qoldirilgan avtomobil
Patrulniy avtomobil, priparkovanniy pod znakom Peshexodniy perexod - Sputnik O‘zbekiston
Piyodalar o‘tish joyi belgisi ostida qoldirilgan avtomobil

Ushbu holat yuzasidan IIBB davlat raqami 01 562 VSF bo‘lgan “Neksiya” patrul avtomobili kim tomonidan boshqarilganini aniqlagan va post-patrul brigadasi xodimi 1987-yilda tug‘ilgan S.K.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksning 1286-1 moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish haqqining 3 barobari miqdorida (516 000 so‘m) jarima tayinlangan.

Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
YHXB Facebookda o‘z kanalini ochdi

“Har bir ichki ishlar idoralari xodimi sodir etgan hatti-harakati uchun fuqarolar bilan teng huquqlilik asosida ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilib bu haqida ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini ma’lum qilamiz”, — deyilgan IIBB xabarida.   

Shuningdek Ichki ishlar boshqarmasi ushbu sohada faollik qilgan fuqarolarga minnatdorlik bildirgan va ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirishda xushmuomala bo‘lishga chaqirishgan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrlaringizni qoldirganingizda, axloq-odob qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz. Qonun oldida hamma barobar”, — deyilgan IIBB xabari yakunida.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin YHXBning alohida sahifasi ishga tushgan edi. YHXB fuqarolar tomonidan qayd etilgan va boshqarma rasmiy sahifasiga yuborilgan yoki ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan foto va video dalillarga asosan ma’muriy qonunbuzarliklar rasmiylashtirish, qoidabuzarlarni javobgarlikka tortishni boshladi.

Yangiliklar lentasi
0