YHXB Facebookda o‘z kanalini ochdi

© StringerUzbekskiy militseyskiy avtomobil
Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin vaqt ichida, YHXB o‘z sayti orqali yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari haqidagi xabarlarni qabul qila boshlaydi.

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Toshkent shahar YHXB Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ham o‘z kanalini ochdi va foydalanuvchilar bilan aloqa qila boshladi.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi kanalida berilgan savollarga javoblar va izohlar berila boshladi, shuningdek foydalanuvchilar tomonidan suratga olingan qoidabuzarliklar ko‘rsatilgan foto va videomateriallarga nisbatan choralar ko‘rila boshlandi.

O‘zbekiston fuqarolari YHXB xodimlaridan istalgan axborotni olishlari mumkin bo‘ladi

Ushbu kunga qadar, Facebook foydalanuvchilari,  xususan “Voditeli Tashkenta” guruhi faollari  xabarlari asosida, harakat xavfsizligi qoidalarini buzgan to‘y korteji ishtirokchilariga qarshi, shuningdek qizil chiroqqa o‘tib ketgan Matiz haydovchisi ishi yuzasida materiallari YHXBning tegishli bo‘limlarga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5-martdan boshlab YHXB sayti sinov tartibida ishga tushgan edi. Yaqin vaqt ichida, ushbu sayt orqali Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi qoidabuzarliklar haqidagi xabarlarni qabul qila boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0