Toshkentdagi "Lukoyl" yonilg‘i quyish shaxobchasi qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishEmblema kompanii "Lukoyl"
Emblema kompanii Lukoyl - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AYoQShda EURO-5 standartiga mos, yuqori sifatli dizel yonilg‘isi, AI-92 va AI-95 markali benzin sotiladi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. “Lukoyl” avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchasining rasmiy ochilish marosimi 20-mart kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz

Ofis kompanii Lukoyl v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
"Lukoyl" butun O‘zbekiston bo‘ylab yonilg‘i quyish shoxobchalari quradi

Kompaniya vakili aytishiga qaraganda yangi ochiladigan “Lukoyl” AYoQShida EURO-5 standartiga mos  yuqori sifatli dizel yonilg‘isi, AI-92 va AI-95 markali benzin sotiladi. Yonilg‘i narxlari shaxobcha ochilganidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Toshkentda Lukoyl kompaniyasiga tegishli AYoQSh 2017-yilning yanvarida qurib bitkazilgan, lekin haligacha ishga tushirilmagan edi. Rossiyaning "Lukoyl" klmpaniyasi O‘zbekiston bozoriga o‘z yonilg‘isi bilan chiqmoqda. Ya’ni Rossiyada ishlab chiqarilgan benzin va dizel yonilg‘isi O‘zbekistonga import qilinadi.

Rossiya kompaniyasi dastlabki bosqichda Toshkent Halqa yo‘li atrofida AYoQShlar tarmog‘ini qurishni rejalashtirgan, keyinchalik esa shaxobchalar butun respublika bo‘ylab paydo bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0