"Lukoyl" butun O‘zbekiston bo‘ylab yonilg‘i quyish shoxobchalari quradi

© FacebookOfis kompanii "Lukoyl" v Tashkente
Ofis kompanii Lukoyl v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuqori sifatli 92 va 95 markadagi benzin va ekodizel "Lukoyl" zavodlaridan keltiriladi

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi istiqbolda butun O‘zbekiston bo‘yicha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini quradi. Bu haqda "O‘zbekneftegaz" MXK boshqaruvi raisi Alisher Sultonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda nuz.uz.

Toplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Lukoyl O‘zbekistonda qanday yonilg‘i sotishini xabar qildi

"O‘zbekneftegaz" rahbarining aytishicha, birinchi bosqichda Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab AYoQShlar tarmog‘i barpo etiladi. Kelgusida esa "Lukoyl" butun respublika hududini qamrab olishni rejalashtirmoqda.

"Toshkentda "Lukoyl"ning birinchi yonilg‘i quyish shoxobchasi qurildi. Lekin hammasi oddiygina emas. Shoxobchaning o‘zi juda tez qurildi, lekin "Lukoyl" o‘z tashkiliy jarayonlariga ega yirik xalqaro kompaniya. Hozirda kompaniyaning o‘zida ichki masalalar hal qilinmoqda. Ular hal bo‘lishi bilanoq Toshkentda "Lukoyl"ning birinchi shoxobchasi ishga tushadi", — dedi "O‘zbekneftegaz" MXK rahbari.

Alisher Sultonovning bildirishicha, yuqori sifatli 92 va 95 markadagi benzin va ekodizel "Lukoyl" zavodlaridan keltiriladi. Ularning narxi mahalliy neft mahsulotlarinikiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, "Lukoyl"ning Toshkentdagi birinchi yonilg‘i quyish shoxobchasi 2017-yil yanvarida qurilgan.

Yangiliklar lentasi
0