Kamilov va Lavrov o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

© MID RF Sergey Lavrov i Abdulaziz Kamilov
Sergey Lavrov i Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi

TOShKENT,17 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov telefon orqali muloqotda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha konferensiyaga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Flagi stran-uchastnis konferensii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha anjumanga Qatar ham taklif etildi

"17 mart kuni muntazam siyosiy maslahatlashuvlar amaliyoti doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Rossiya Federeatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi", — deyiladi TIV xabarida.

Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Vazirlar, xususan, tayyorgarlik jarayoni, konferensiya mazmun-mundarijasi, Toshkent anjumanining yakuniy hujjati loyihasi va afg‘on muammosini siyosiy hal qilish masalasi bo‘yicha hamkorlikdagi kelgusi sa’y-harakatlarni muhokama qilishdi.

"Tomonlar Afg‘oniston markaziy hukumati va "Tolibon" harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni yo‘lga qo‘yish zarurligi borasida yakdil fikr bildirdi", — deyiladi xabarda.

Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya Toshkentda 26-27 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston TIVning ma’lumot berishicha, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun YeI tashqi siyosat xizmati rahbari, BMT bosh kotibi, Xitoy tashqi siyosat mahkamasi rahbari taklif etilgan. AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham anjumanda ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0