"O‘ztransgaz" 1-apreldan tabiiy gaz narxi oshishini ma’lum qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishKonforki gazovoy pliti
Konforki gazovoy pliti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tariflar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi "Yoqilg‘i-energetika resurslarini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq qayta ko‘rib chiqilgan

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. "O‘ztransgaz" AK 2018-yil 1-apreldan tabiiy gaz uchun chakana narxlar joriy etilganini ma’lum qildi.

Kompaniya matbuot xizmatining bildirishicha, ulgurji iste’molchilar uchun yetkazib berilayotgan tabiiy gaz narxi 1000 kub metr uchun 289 740 so‘m bo‘ladi.

Gaz hisoblagichlari bo‘lganda aholiga yetkazib beriluvchi gazning 10m3 uchun 2897,40 so‘m etib belgilandi.

Gaz hisoblagichlari bo‘lmaganda aholiga yetkazib beriluvchi gaz taom tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun 10m3 ga 5010,60 so‘m, isitish uchun 10m3ga 2323,70 so‘m to‘lanadi.

Lampi nakalivaniya - Sputnik O‘zbekiston
Bu hazil emas: O‘zbekistonda 1-apreldan elektr energiya narxi ko‘tariladi

Bundan tashqari, markaziy isitish ta’minoti tizimiga ega uylarga maishiy gaz plitasi uchun yetkazib beriluvchi tabiiy gaz narxi har bir istiqomat qiluvchidan 11 m3 uchun oyiga 5511,65 so‘m olinadi. Markaziy isitish ta’minoti tizimiga ega bo‘lmagan uylarda maishiy gaz plitasi uchun gazli suv isitgich bo‘lmasa 15 m3 uchun 7515,90 so‘m to‘lanadi.

Markaziy issiq suv ta’minoti tizimiga ega bo‘lmagan yoki issiq suv ta’minoti vaqti-vaqti bilan mavjud bo‘lgan uylarda gaz suv isitgich uchun 16 m3ga 8016,95 so‘m etib belgilandi.

Uylar, kvartiralarni isitish gaz uskunasi turidan qat’i nazar isitish mavsumining besh oyi davomida isitish uchun gazdan foydalanganlik uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida — isitilayotgan xonaning har 1 m3 uchun — 1 m3ga 6,0 m3 uchun — 1394,20 so‘m, Toshkent shahri va boshqa viloyatlarda — xonaning har 1 m3 uchun- 1 m3ga 5,76 m3 uchun — 1338,45 so‘m to‘lanadi.

Izohlanishicha, tariflar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi "Yoqilg‘i-energetika resurslarini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq qayta ko‘rib chiqilgan.

Yangiliklar lentasi
0