Bu hazil emas: O‘zbekistonda 1-apreldan elektr energiya narxi ko‘tariladi

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishLampi nakalivaniya
Lampi nakalivaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng kichik tarif bo‘yicha to‘lovlarni balandligi 10 qavatdan yuqori bo‘lgan uylarda istiqomat qiluvchi iste’molchilar to‘laydilar.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil 1-apreldan elektr energiya yangi narxlari tasdiqlandi, bu haqda "O‘zbekenergo" AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

GES - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qilishni boshlaydi

Xabarda aytilishicha, elektr energiyaning 1 kVt s narxi — 114 so‘mdan 241 so‘mgacha bo‘ladi. Yangi tariflar 14-mart kuni Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

Eng kichik tarifi (114 so‘m 30 tiyin) elektr plitalar bilan jihozlangan, o‘n qavatdan yuqori bo‘lgan ko‘pxonadonli turar joylari va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar to‘laydi.

Eng baland tarif (241 so‘m 50 tiyin) I va II tarif guruhlari iste’molchilari tomonidan texnologik maqsadda elektr isitish, shuningdek binolarni isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlashda foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘laydi.

Maishiy iste’molchilar esa — 228 so‘m 60 tiyin to‘laydilar.

Bu tariflar 1 kVt s energiya narxi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini inobatga olgan holda hisoblangan.

Yangiliklar lentasi
0