IIV akademik litseylariga o‘qishga kirayotganlar 2 bosqichda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

© podrobno.uzSotrudniki MVD Uzbekistana
Sotrudniki MVD Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘quvchilar tibbiy ko‘rikdan ikki bosqichda, birlamchi va yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. IIV akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
MXXning ayrim vakolatlari Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklariga o‘tkazildi

Nizomga ko‘ra, IIV akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIBBning tibbiyot bo‘limlaridagi harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

O‘quvchilar tibbiy ko‘rikdan ikki bosqichda, birlamchi va yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi:

birlamchi tibbiy ko‘rikda o‘quvchining shikoyatlari, sog‘lig‘i holati haqidagi ambulator bemorning tibbiy kartasi, o‘quvchi va uning ota-onasi haqidagi asosiy ma’lumotlar (kasalliklari, jarohatlari, rivojlanishi, fe’l va xulq-atvori) o‘rganiladi;

yakuniy tibbiy ko‘rik o‘quvchining sog‘lig‘ida birlamchi tibbiy ko‘rikdan keyingi o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Harbiy-tibbiy komissiyalar o‘quvchining salomatligi to‘g‘risidagi barcha zarur ma’lumotlar va uning jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda o‘quvchini o‘qishga yaroqli yoki yaroqsizligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Yangiliklar lentasi
0