MXXning ayrim vakolatlari Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklariga o‘tkazildi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘ziga xos bo‘lmagan vazifa va funksiyalarni istisno qilish maqsadida Milliy xavfsizlik xizmati vakolatida bo‘lgan ayrim ruxsat beruvchi vakolatlar 2018-yil 1-apreldan boshqa idoralarga o‘tkaziladi yoki tugatiladi.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" farmonini imzoladi.

Sotrudnik SNB Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Milliy xavfsizlik xizmati nomi o‘zgartiriladi

Farmonda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi.

Farmon bilan Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

2018 yilning 1-aprelidan O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarishga ruxsat berish — Ichki ishlar vazirligiga, rejimli mudofaa obyektlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish — Mudofaa vazirligiga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisiga qilgan murojaatida mamlakatimizda Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida qonun qabul qilinishi lozimligini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0