Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga moddiy yordam beriladi

Obuna bo‘lish
Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni turar-joy bilan ta’minlashda boshlang‘ich to‘lovlar qaytarilmaslik sharti bilan to‘lab berilishi mumkin

TOShKENT, 16 mar – Sputnik. Adliya vazirligining Telegram-kanalida xabar qilinishicha, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllanadi:

V Buxare sdani v ekspluatatsiyu novie tipovie doma - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda ijtimoiy muhtojlarga uylar topshirildi

har yili 300 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan miqdorda ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamoat fondining mablag‘lari Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq:

xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatishga;

xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda;

mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘maklashishga;

xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishda imtiyozli kreditlar berishga;

onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha vazifalarning amalga oshirilishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga;

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Ayollarimizning baxti xalqimiz, jamiyatimiz baxtidir

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy negizlari va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilishiga ko‘maklashishga;

og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni turar-joy bilan ta’minlashda boshlang‘ich badallarini qaytarilmaslik sharti bilan to‘lab berishga;

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va "Oila" markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga;

Ijro etuvchi direksiyani saqlashga ishlatilishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi farmoni bilan tashkil etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0