Buxoroda ijtimoiy muhtojlarga uylar topshirildi

© uzbekistan24V Buxare sdani v ekspluatatsiyu novie tipovie doma
V Buxare sdani v ekspluatatsiyu novie tipovie doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyat bo‘yicha joriy yilda jami 102 nafar uy-joyga muhtoj nogiron va mehnatga layoqatliligi cheklangan fuqarolar ro‘yxati tuzilgan bo‘lsa, shundan 70 nafariga yil yakuniga qadar yangi qurilgan arzon uy-joylar topshirilishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Buxoro viloyatida barcha shahar va tumanlarda nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar uchun uy-joylar qurib foydalanishga topshirilmoqda, deb xabar qildi viloyat matbuot-xizmati.

V Buxare sdani v ekspluatatsiyu novie tipovie doma - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yil oxirigacha 9 mingdan ortiq uy-joy foydalanishga topshiriladi
"Bugun G‘ijduvon tumanidagi 9 ta ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar o‘z turar joylariga ega bo‘lishdi. Ularga uylarni topshirish marosimi G‘ijduvon tumanidagi "Pozagaron" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi", — deyiladi xabarda.

Viloyat bo‘yicha joriy yilda jami 102 nafar uy-joyga muhtoj nogiron va mehnatga layoqatliligi cheklangan fuqarolar ro‘yxati tuzilgan bo‘lsa, shundan 70 nafariga yil yakuniga qadar yangi qurilgan arzon uy-joylar topshirilishi rejalashtirilgan.

Qolaversa, bunday insonlarning yashash sharoitlari ham o‘rganib chiqilib, uy-joylarning boshlang‘ich badallari uchun jami 283 mln so‘m mablag‘lar fuqarolarning viloyat "Qishloq qurilish" bankida ochilgan hisob raqamlariga o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlis Senat a’zosi, viloyat hokimi O‘.Barnoyev, bir guruh respublikadan tashrif buyurgan mutasaddilar, viloyat, tuman hokimligi rahbarlari va jamoatchilik vakillar ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0