Moskvada istiqomat qiluvchi ayol o‘z uyida pul evaziga 220 ta migrantni ro‘yxatga qo‘ygan

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie v obshejitii
Inostrannie rabochie v obshejitii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu ayol 3-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Moskvada istiqomat qiluvchi ayol o‘z kvartirasida pul evaziga ikki oy ichida 220 ta migrantni ro‘yxatga qo‘ygan. Bu haqda IIB Shimoliy ma’muriy okrugi matbuot xizmati.

Posetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya fuqarolariga migrantlarni ro‘yxatdan chiqarish huquqi beriladi

"G‘arbiy Degunino tumani ichki ishlar hodimlari pul evaziga xorijiy fuqarolarni hisobga qo‘ygan ayolni qo‘lga olishdi. 2017-yil dekabrdan 2018-yil fevral oyiga qadar 42 yoshli Moskvada istiqomat qiluvchi ayol pul evaziga o‘zining kvartirasida 220 ta xorijiy fuqaroni ro‘yxatga qo‘ygan. Ayol ushbu fuqarolar shu kvartirada yashamasligini oldindan bilgan", — deyilgan xabarda.

Ushbu ayolga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 322.2 — moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu modda talablariga ko‘ra 3-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazo chorasi qo‘llanishi nazarda tutilgan.

Gumonlanuvchidan ehtiyot chora sifatida mamlakatdan chiqib ketmaslik haqida tilxat olingan.

Yangiliklar lentasi
0