Rossiya fuqarolariga migrantlarni ro‘yxatdan chiqarish huquqi beriladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPosetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo
Posetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunga qadar qabul qilayotgan tomon, chet el fuqarosini o‘z turar joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazganidan keyn, mehnat munosabatlari tugasa ham, ro‘yxatdan chiqara olmas edi.

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Davlat Dumasi Rossiya fuqarolariga chet el fuqarolarini ro‘yxatdan chiqarish huquqi beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda  qabul qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ushbu qonun tashabbusi Rossiya fuqarolarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan hamda chet el fuqarolarini ro‘yxatga qo‘yish aniqligini oshiradi. Yangi qonun loyihasi qabul qilayotgan Rossiya fuqarosiga xorij fuqarosini, ro‘yxatda turish uchun asos qolmagan hollarda,  ro‘yxtdan chiqarish huquqini beradi. Buning uchun fuqaro IIVga pochta, internet yoki “yagona darcha” orqali ariza yuborishi kerak bo‘ladi.

A taxi en Moscow - Sputnik O‘zbekiston
Migrant haydovchilarning guvohnoma almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin

Ushbu qonun loyihasi muallifflaridan biri, Davlat Dumasi vitse-spikeri Irina Yarovaya aytishiga qaraganda, bugungi kunda chet el fuqarosini o‘z uyida ro‘yxatga qo‘ygan Rossiya fuqarosi, u bilan mehnat munosabatlarini yakunlagan va aloqani yo‘qotgan hollarda ham, uni ro‘yxatdan chiqara olmaydi.

Deputat fikriga ko‘ra, ushbu holat Rossiya fuqarosi huquqlarini cheklaydi. Undan tashqari migrant ro‘yxatdan o‘tgan manzilda emas boshqa joyda yashagan hollarda fuqaroga nisbatan jarima qo‘llanilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada har bir yangi qonun kuchga kirishidan oldin Davlat Dumasida 3 marotaba o‘qiladi va unga barcha kerakli o‘zgarishlar kiritiladi. Shundan so‘ng u Federatsiya kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Undan so‘ng prezident tomonidan imzolanadi va kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0