"Bu hali boshlanishi": Mirziyoyev va Nazarboyev nimalar haqida gaplashishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu
Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbarini tashrifi bilan qutlab, Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni sog‘inganini ta’kidladi

TOShKENT, 15 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 15-mart kuni Oqo‘rda qarorgohida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbarini tashrifi bilan qutlab, Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni sog‘inganini ta’kidladi.

Prezidenti Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Uzbekistana Shavkat Miriyoyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na sammite arabo-musulmanskix stran - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev: Markaziy Osiyodagi muammolarni o‘zimiz hal qilamiz

– Siz O‘zbekistonda juda katta ishlarni amalga oshirapsiz va bu butun mintaqamizga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Kecha Tojikiston, bugun Qirg‘iziston prezidentlari bilan gaplashdim. Ular ham sizning siyosiy irodangiz va sa’y-harakatlaringiz xalqlarimizni xursand qilayotganini aytishdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bugungi maslahat uchrashuvi ham sizning tashabbusingiz bilan tashkil etildi. Bu hali boshlanishi. Afg‘oniston masalasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan konferensiya ham juda muhim, – dedi Nursulton Nazarboyev.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani va Qozog‘istonga taklif etgani uchun Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirdi.

– Keyingi bir yarim yil ichida ikki do‘st, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi tizimga tushdi. 2017-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 2 milliard dollarga yetdi. Iqtisodiyotimiz, madaniy-gumanitar aloqalarimiz yanada mustahkamlandi. Eng katta natija – odamlarning kayfiyati, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda oliy darajadagi muntazam muloqotlar natijasida davlatlararo munosabatlar jadal rivojlanayotgani, avval erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Bugun Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0