Nazarboyev: Markaziy Osiyodagi muammolarni o‘zimiz hal qilamiz

© Flickr / Xadamoti matbuotPrezidenti Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Uzbekistana Shavkat Miriyoyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na sammite arabo-musulmanskix stran
Prezidenti Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Uzbekistana Shavkat Miriyoyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na sammite arabo-musulmanskix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari – Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashuvida Ostonada bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

"Bizning o‘z ichki muammolarimiz bor – iqtisodiyot, savdo, logistika va boshqa masalalar — bularning barchasini hal qilishimiz uchun imkoniyat bo‘ladi. Biz Markaziy Osiyo davlatlarining muammolarini yechish uchun uchinchi shaxslarni chaqirmaymiz. Biz muammolarimizni hal qilish, xalqlarimiz, munosabatlarimiz uchun sharoit yaratish maqsadida uchrashamiz, boshqa maqsadimiz yo‘q", — dedi Nazarboyev.

Eslatib o‘tamiz, bugun Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari – Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur shaklda uchrashuv o‘tkazish tashabbuskori O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bo‘lib, bu tashabbusni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qo‘llab-quvvatlashdi.

Yangiliklar lentasi
0