O‘zbekiston terma jamoasi Marokashga qarshi o‘yinga to‘rt murabbiy boshchiligida tushadi

© Federatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu v tovarisheskom matche s komandoy OAE
Sbornaya Uzbekistana po futbolu v tovarisheskom matche s komandoy OAE - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Murabbiylar kengashidan "Bunyodkor" klubi ustozi Mirjalol Qosimov, "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze va "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev joy olgan

TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini Marokashga murabbiylar kengashi olib boradi, deb xabar berdi O‘FA.

Temur Kapadze - Sputnik O‘zbekiston
Temur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, o‘rtoqlik o‘yinlariga futbolchilarni saralab olish, ularni tayyorlash va olib borish va murabbiylar shtabini shakllantirish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Temur Kapadzeda hali murabbiylik tajribasi yo‘qligini inobatga olgan holda, tajribali mutaxassislardan iborat murabbiylar kengashi Kapadzega O‘zbekiston milliy terma jamoasini bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yinlariga tayyorlashga yordam beradi.

"Murabbiylar kengashidan "Bunyodkor" klubi ustozi Mirjalol Qosimov, "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze va "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev joy olgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar avval Toshkentda yig‘inni boshlashadi, keyin esa Mirjalol Qosimov, Shota Arveladze, Ro‘ziqul Berdiyev, Temur Kapadzedan iborat murabbiylar kengashi boshchiligida Marokashga yo‘l olishadi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 va 27-mart kunlari Afrikaning ikkita kuchli terma jamoasi Senegal va Marokash terma jamoalari bilan safarda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

Yangiliklar lentasi
0