Temur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Temur Kapadze o‘tgan mavsumning oxirida futbolchilik faoliyati bilan xayrlashgan bo‘lib, u O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 119ta o‘yin o‘tkazgan

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu v tovarisheskom matche s komandoy OAE - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasiga yuqori darajadagi xorijlik mutaxassis bosh murabbiy bo‘ladi

"Tez orada Temur Kapadze terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini O‘FAga taqdim etadi", deyiladi xabarda.

Temur Kapadze faoliyatini Farg‘onaning "Neftchi" jamoasida boshlagan. Keyinchalik "Paxtakor", "Bunyodkor", "Inchxon" (Janubiy Koreya), "Sharja" (BAA), "Aktobe" (Qozog‘iston), "Lokomotiv" (Toshkent) klublarida to‘p surgan.

Temur Kapadze o‘tgan mavsumning oxirida futbolchilik faoliyati bilan xayrlashgan bo‘lib, u O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 119ta o‘yin o‘tkazgan.

O‘FAning bildirishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga xorijdan kuchli murabbiy olib kelish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Hozircha bu borada og‘zaki kelishuvga erishilgan bo‘lib, tez orada rasmiy shartnoma imzolanadi va O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradigan mutaxassis nomi e’lon qilinadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida Senegal va Marokash terma jamoalari bilan safarda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Yangiliklar lentasi
0