Tanasidan 13 dona igna olingan bolakay ilk marotaba televidenie orqali ko‘rsatildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishIgli v rukax
Igli v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy shifokorlar ushbu holatni qaytadan tug‘ilish deya baholashmoqda

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik shifokorlar jarrohlik yo‘li bilan tanasidan 13 dona igna olingan bolakayni ilk marotaba videoga olishga ruxsat berishdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Perinatalniy sentr - Sputnik O‘zbekiston
Tanasidan igna topilgan bolakay hayotiga suiqasd qilinganmi? Idoralar javobi
Eslatib o‘tamiz, keng jamoatchilikni shok holatiga solgan voqea haqida yanvar oyi oxirida ma’lum bo‘lgan edi. O‘zbekistondagi shifoxonalarning biriga tanasida 16 dona igna bo‘lgan 11 oylik chaqaloq olib kelindi. Shifokorlar 9 soatlik jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi, shu vaqt oralig‘ida ignalardan 13tasi aniqlandi va olib tashlandi.

Yana uchta igna bolakay tanasida qolmoqda, ammo shifokorlarning ishontirib aytishiga qaraganda, ularni jajji bemorning ahvoli biroz meyorga kelgach, ya’ni sal keyinroq ham olib tashlasa bo‘ladi.

Ayni vaqtda, operatsiyadan bir oy vaqt o‘tgach, bolakay ahvoli yaxshilanganligi xabar qilinmoqda.

Roditeli s rebenkom - Sputnik O‘zbekiston
Bolaning begonasi bo‘lmaydi: tanasida ignalar topilgan bolakay ahvoli ijobiy baholanmoqda
"Bolakayning ahvolida yaxshilanish kuzatilmoqda, u hozir mustaqil nafas olyapti, o‘pkalarni sun’iy ventilyatsiya qilish apparati yordamchi rejimda ishlab turibdi. Bolakay hushida, analizlari normallashgan", — degan O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida professor Xabibulla Akilov.

Mahalliy shifokorlar ushbu holatni "qaytadan tug‘ilish" deya baholashmoqda.

Ignalar bolakay organizmiga qay tariqa tushib qolgani noma’lumligicha qolmoqda. Bu borada huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Onasi bolani kasalxonaga olib kelganida, uning isitmasi juda baland bo‘lgani ma’lum, xolos.

Yangiliklar lentasi
0