TOShKENT, 13 mar – Sputnik. Mudofaa vazirligi tizimidagi serjantlar tayyorlash maktablari o‘z faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bundan buyon serjantlar tarkibi Samarqand Oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti o‘rnida tashkil etilgan Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida tayyorlanadi.
Mazkur ta’lim muassasasida 11 yo‘nalishbo‘yicha: muhandislik, avtomobil xizmati, radiatsion, kimoviy va biologik himoya, aloqa, frontorti ta’minoti,
Markazning 3 oylik qayta tayyorlov o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan harbiy xizmatchilarga esa serjant va katta serjant unvonlari beriladi.
Oldin O‘zbekistonda serjantlar maktablari 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u yerda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan askarlar 3 va 9 oylik o‘quv kurslaridan so‘ng serjantlar tarkibiga o‘tkazilaredi. Serjantlar maktablari 26 yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis va kichik komandirlarni tayyorlanar edi.